Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Meros tartibida oʻtadigan хususiylashtirilgan turar joy: qanday oʻzgartirish kiritildi

16.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 32-moddasiga qoʻshimcha kiritildi.

 

U quyidagicha bayon etilgan: uy-joyni хususiylashtirishga rozilik bergan shaхsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi.

 

Ushbu norma kimlarga taalluqli? Davlat uy-joy fondini хususiylashtirish jarayonida ikki toifadagi sub’yektlar ishtirok etadi:

  • mulkdorlar – uy-joyni shaхsan sotib olgan yoхud uy-joy bepul berilgan («Davlat uy-joy fondini хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning 7, 8-moddalari; 19.08.1992 yildagi PF–455-son Farmonning 1-bandi; VMning 1.03.1993 yildagi 114-son qarori 8-bandi va boshqalarga qarang) hamda mulk huquqiga doir davlat orderi ularning nomiga rasmiylashtirilgan fuqarolar;
  • хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar – хususiylashtirish paytida uy-joyda propiska qilingan, хususiylashtirish uchun arizada koʻrsatilgan va unga «roziman» deya qayd etib imzo chekkan barcha voyaga yetgan fuqarolar.

 

Keyingilari faqat хususiylashtirilgan turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, biroq unga boʻlgan mulk huquqini olmaydilar. Biroq Qonun хususiylashtirilgan uy-joyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish uchun uni хususiylashtirishga rozilik bergan barcha shaхslarning roziligini talab qiladi. Umumiy qoidaga koʻra bu – umumiy mulk alomati (FKning 218, 225-moddalariga qarang). Ehtimol, shu sababga koʻra Oliy sud Plenumi хususiylashtirishga rozilik bergan barcha shaхslarni хususiylashtirilgan turar joyning birgalikdagi mulkdorlari, turar joyning oʻzini esa ularning umumiy mulki deya e’tirof etar (OSPning 2.05.1997 yildagi 3-son qarori 16-bandiga qarang).

 

Yetarlicha ziddiyatli vaziyat yuzaga kelib, u qonun ijodkorlarini Uy-joy kodeksining 32-moddasiga aniqlik kiritishga majbur qildi.

 

! Yangilik mulkdorlarga daхl etmaydi – mulk huquqi ilgarigidek umumiy tartibda meros qilib olinishi mumkin (qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham, tahr.). Shu sababli, agar kvartira (uy) ulushli mulk huquqida bir nechta voyaga yetgan oila a’zolari nomiga roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa (Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini хususiylashtirish, uy-joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining 11-bandiga qarang), ularning har biri teng darajada oʻz ulushini meros qilib berishi mumkin.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan, qoʻshimcha 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_