Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Metall parchalarini topshiruvchilar uchun temir-tersak topshirish me’yorlari belgilandi

11.07.2016

Vazirlar Mahkamasining 28.06.2016 yildagi 218-son qarori bilan 2016 yil uchun temir-tersak, qora metall chiqindilarini tayyorlash va topshirish topshiriqlari belgilandi, tayyorlash va iste’mol balansi, shuningdek oʻzining quyuv korхonasiga ega boʻlgan tashkilotlarga ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish hajmlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 28.06.2016 yildagi 218-son qarori bilan 2016 yil uchun temir-tersak, qora metall chiqindilarini tayyorlash va topshirish topshiriqlari belgilandi, tayyorlash va iste’mol balansi, shuningdek oʻzining quyuv korхonasiga ega boʻlgan tashkilotlarga ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish hajmlari tasdiqlandi.

 

 

Korхonalarda bankrotlik taomilini oʻtkazish, ularni tugatish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash davomida hisobdan chiqariladigan jisman va ma’nan eskirgan asbob-uskunalar qabul qilingan hujjatga muvofiq temir-tersak va qora metall chiqindilari sifatida kelishilgan narхda “Oʻzmetkombinat” AJga majburiy tarzda topshirilishi kerak.

 

Temir-tersak, qora metall chiqindilarini tayyorlash boʻyicha hisob-kitoblar ularni topshirishni ragʻbatlantiradigan kelishilgan narхlarga asosan amalga oshiriladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.