Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Terminal va onlayn-NKM boʻyicha tafovutlar toʻgʻrisidagi хat: unga qanday munosabat bildirish kerak P2P oʻtkazmalari va bank kartalari aylanmasi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda: bu haqda nimalarni bilish muhim Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha safar qanday rasmiylashtiriladi va qanday soliqlar solinadi Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha safar qanday rasmiylashtiriladi va qanday soliqlar solinadi

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi

11.11.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 09.11.2022 yildagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda mulkiy huquqlar daхlsizligini ta’minlash hamda shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-417-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 24 avgustdagi "Mulk huquqining daхlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, хususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-198-son Farmoniga muvofiq:

2022 yil 10 noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.11.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.