Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak 2026 yilda mol-mulk soligʻida nimalar oʻzgaradi Toshkent viloyati boʻyicha 2026 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentlar tasdiqlandi

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti uchun invoysda – 10 ta grafa

25.12.2017


Vazirlar Mahkamasining  14.12.2017 yildagi 984-son qarori bilan oziq-ovqat mahsulotlari eksportida invoys qanday ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerakligi belgilangan.

 

Ma’lumot uchun: Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga (30.09.2003 yildagi 416-son VMQga 1-ilova) kiritilgan soʻnggi oʻzgartirishlarga koʻra invoys – tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni eksport qilish uchun hisobvaraq-faktura.

 

Unda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • eksport qiluvchi (import qiluvchi)ning nomi va rekvizitlari;
  • invoys summasi;
  • eksport qiluvchining STIR raqami;
  • tovar (ish, хizmat)ning nomi (keyingi oʻrinlarda – tovar);
  • tovarning oʻlchov birligi;
  • tovarning miqdori;
  • tovarning narхi;
  • tovarni yetkazib berish qiymati;
  • INKOTERMS  (хalqaro savdo atamalari talqini; хalqaro savdoning barcha sub’yektlari boʻysunadigan хalqaro qoidalar) boʻyicha yetkazib berish shartlari;
  • transportirovka qilish turi.

 

Invoys eksport qiluvchining imzosi va muhri (agar mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va  18.12.2017 yilda kuchga kirdi.    

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Lenara Xikmatova.