Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun 323 million dollar ajratiladi

21.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.03.2023 yildagi “Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida "Meva-sabzavotchilik tarmoida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi PQ-96-son qarori qabul qilindi.  

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)" loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • Loyiha boʻyicha JICA qarzini qaytarish sхemasi;
  • JICA qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi va foiz toʻlovlarini toʻlash prognoz jadvali;
  • Loyihani amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi".

 

"Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)" loyihasining umumiy qiymati 323, 019 mln AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:

Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi – 200 mln AQSh dollari;

58,272 mln AQSh dollari qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi;

64,747 mln AQSh dollari Loyiha ishtirokchilarining (kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlarining) ulushi.

 

Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2023-2028 yillar) tashkil etadi.

 

Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi. Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar хalqaro markazi loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish uchun mas’ul ijro etuvchi organ etib tayinlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.