Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

MIB Majburiyatlar reyestrini yuritadi

18.06.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.06.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1069-son Qonun imzolandi.

 

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunga ijro ishi yuritishni tiklash tartibi bilan bogʻliq qoʻshimcha kiritilmoqda. Xususan, u quyidagi hollarda tiklanishi mumkin:

• Majburiyatlar reyestriga kiritilgan qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari aniqlanganda;

• Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni tugatish uchun asoslar vujudga kelganda;

• Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari tomonidan davlat ijrochisining noqonuniy va asossiz qarorlarning bekor qilinishi;

• qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

 

Ijro ishi yuritish tiklanganda davlat ijrochisi bu haqda darhol qaror chiqaradi, shundan soʻng majburiy ijro harakatlari umumiy tartibda davom ettiriladi.

 

Majburiyatlar reyestrida quyidagi asoslarga koʻra ish yuritilishi tamomlangan ijro hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar vaqtincha saqlanadi:

• qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoхud unga tegishli pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklarning hisobvaraqlarda hamda omonatlarda turganligi yoki banklarda yoki boshqa kredit tashkilotlarida saqlanayotganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar olish mumkin boʻlmaganda;

• qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari mavjud boʻlmaganda va davlat ijrochisi tomonidan uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish boʻyicha qonunda yoʻl qoʻyilgan barcha choralar natijasiz boʻlganda.

 

Majburiyatlar reyestrini MIB yuritadi.

 

Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlarning mavjudligi davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan onlayn rejimida tekshiriladi.

 

Ijro hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.

 

Ijro hujjati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning Majburiyatlar reyestriga kiritilishi qarzdorni bankrot deb topish taomilini boshlashga toʻsqinlik qilmaydi.

 

Ijro hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar quyidagi hollarda Majburiyatlar reyestridan chiqariladi:

• ijro ishi yuritishni tiklash;

• ijro hujjatining amalda bajarilishi;

• undiruvchining arizasiga koʻra;

• ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning talabiga koʻra ijro etilmasdan qaytarilganda;

• iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaхsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi yoki qarzdor jismoniy shaхsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasini olish;

• qarzdor yuridik shaхsni davlat reyestridan chiqarish;

• qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar 10 yil davomida aniqlanmaganda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev