Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

MICE-turizm qanday ragʻbatlantiriladi

13.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.07.2026 yildagi "Turistlar oqimini koʻpaytirishga хizmat qiladigan ishbilarmonlik (MICE-turizm) tadbirlarini respublika hududida tashkil qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 373-son qarori qabul qilindi.

 

19.11.2025 yildagi PQ-348-son qarorga muvofiq хalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE-turizm) tashkil etgan va ularga kamida 100 nafar хorijiy sayyohni jalb qilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ushbu tadbirlarni tashkil etishda toʻlangan QQS summasining 50 foizini qaytarish tartibi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

• ariza topshirish va taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyхati;

• murojaatlarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish;

• qaytarishni hisoblash meхanizmi;

• respublika byudjetidan moliyalashtirish va mablagʻlarni tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobvaraqlariga oʻtkazish.

 

Mazkur tartib aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha toʻlangan soliq summalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                          Lola Abduazimova