Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Migrantlarni qoʻllab-quvvatlash departamentining funksiyalari kengaytirildi

16.01.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi (10.01.2020 yildagi PF-5903-son).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 20.08.2019 yildagi PF-5785-son Farmoni bilan хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari ishlab chiqilgan. Hujjat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi va Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish departamenti tashkil etilgan. Departament vazifalari jumlasiga migrantlar muammolarini aniqlash, ularni hal etishga oid muayyan takliflarni ishlab chiqish kiritilgan. Departament delegatsiyasi migrantlarning mehnat va maishiy sharoitlari bilan tanishish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida mamlakatlarga tashrif buyuradi (batafsil bu yerda).

 

Qabul qilingan hujjat bilan ushbu organ Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti etib qayta tashkil etildi.

 

Departament zimmasiga qoʻshimcha bir qator vazifalar yuklandi Xususan, u milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 

 

Farmonga muvofiq bir qator vazirlik va idoralarning markaziy apparati tuzilmasida хodimlar umumiy cheklangan soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmalar tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2020 yildan kuchga kirdi.