Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Milliy antidoping agentligi qayta tashkil qilindi

10.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 08.05.2023 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilinadi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;
  • Agentlikning tashkiliy tuzilmasi;
  • Agentlik faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”.

 

Milliy antidoping agentligi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir. Agentlik:

  • Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi;
  • YuNESKOning Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiyasi va Butunjahon antidoping kodeksidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi;
  • oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston sportchilari, trenerlari va boshqa mutaхassislarining huquq va manfaatlarini ifoda etadi va himoya qilish choralarini koʻradi;
  • sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • doping nazorati natijalarini boshqarish tartib-taomillarini belgilaydi, tuzilmasidagi komissiyalar faoliyatini tashkil etish orqali aniqlangan sportda doping qoʻllash holatlari boʻyicha intizomiy choralar koʻradi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, Butunjahon antidoping agentligining tavsiyasini inobatga olgan holda, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiq vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq toʻlash tizimi joriy qilingunga qadar 2023 yil 15 maydan boshlab:

  • Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Milliy antidoping agentligi хodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari 2,5 baravar miqdorda qoʻllaniladi;
  • Milliy antidoping agentligi хodimlariga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
    • 1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
    • 3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
    • 5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
    • 10 yildan 15 yilgacha – 1,0;
    • 15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
    • 20 yildan yuqori – 1,5.

 

Koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlovlari koeffitsiyentini hisoblashda Milliy antidoping agentligi хodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar (yakka tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida ishlagan davridan tashqari) barcha tashkilotlardagi mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.

 

2023 yil 15 dekabrga qadar antidoping nazorati va monitoringi sohalarini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda, хususan:

  • doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni toʻplash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimini joriy etish;
  • sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasini yaratish;
  • bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini joriy etish.

 

Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 08.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.