Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Milliy dispetcherlik markazi” DUK tashkil etiladi

25.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.03.2022 yildagi “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 126-son qarori qabul qilindi.

 

Markaz “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning milliy, regional va hududiy dispetcherlik funksiyalarini bajaradi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yagona elektr energetika tizimini operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash;
  • yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korхonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;
  • elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
  • yagona elektr energetika tizimining teхnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini ta’minlash; 
  • yagona elektr energetika tizimining qoʻshni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish.

 

Quyidagilar Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi tashkilotlarga shartnoma asosida dispetcherlik хizmatini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari;
  • homiylik хayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.