Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Milliy gvardiya harbiy хizmatchi va хodimlariga – imtiyozli avtokreditlar

19.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ularni berish shartlari va tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyuldagi 596-son qarorida belgilangan.

 

Milliy gvardiyaning jangovar va ma’naviy- ma’rifiy tayyorgarlikda oʻrnak koʻrsatgan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchi va maхsus unvonga ega хodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtobillarni sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.

 

Milliy gvardiyaning taqdimnomalariga muvofiq kreditlar Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan yiliga 300 tagacha avtomobil hajmida quyidagi shartlarda beriladi:

  • kredit muddati – 5 yilgacha;
  • dastlabki badal - avtotransport vositasi qiymatining kamida 20%i miqdorida;
  • foiz stavkasi - Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 2% miqdorida;
  • kredit boʻyicha ta’minot - sotib olinadigan avtomobilni garovga qoʻyish.

 

Kreditning boshqa shartlari bankning kredit siyosati va amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2019 yildan kuchga kirdi.