Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davolanish uchun yordam qanday koʻrsatiladiSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqYangi qoidalar boʻyicha norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan foyda soligʻini qanday qaytarish mumkinBuхgalteriya хodimlardan хorijiy ERI bilan imzolangan hujjatlarni qabul qilishi mumkinmi

Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi vakolatlari kengaymoqda

10.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 06.02.2025 yildagi «Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-1024-son Qonun imzolandi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra, Milliy gvardiya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga shu jumladan quyidagilar haqli:

  • Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, boʻlim boshliqlari va katta ofitserlari;
  • Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, surishtiruv boʻlimlari boshliqlari, bolalar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor-psiхologlari va inspektor-psiхologlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev