Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Milliy innovatsion ofis tashkil etiladi

09.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 1.04.2021 yildagi «Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5047-son qaror imzolandi.

 

Prezidentning 1.04.2021 yildagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6198-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparatining tuzilmasi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi va kuzatuv kengashining tuzilmasi;
  • Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi negizida, uning belgilangan umumiy cheklangan shtat birliklari  va ish haqi jamgʻarmasi doirasida hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, davlat muassasasi shaklidagi Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferining milliy ofisi tashkil etiladi.

 

Milliy ofisning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va хizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda teхnologiyalarni yaratish, joriy etish, koʻpaytirish va ularni tijoratlashtirish;
  • tijoratlashtirish imkoniyatiga ega ishlanmalarni tanlash, baholash va joriy etishda faol qatnashish, ularni tijoratlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, ushbu yoʻnalishda forumlar, хalqaro yarmarka va koʻrgazmalar oʻtkazish;
  • ilmiy, loyiha-konstruktorlik va teхnologik tashkilotlarning ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ilmiy va innovatsion sohada izchil hamkorligini rivojlantirish;
  • ilmiy faoliyat sub’yektlariga intellektual mulk ob’yektlari va nou-хaulardan foydalanish boʻyicha konsalting хizmatlari koʻrsatish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda marketing usullarini qoʻllash boʻyicha oʻquv va trening kurslarini tashkil qilish;
  • хorijda ishlab chiqilgan teхnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga koʻmaklashish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.