Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda

12.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.12.2024 yildagi «Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik хizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-820-son qarori qabul qilindi.

 

Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda. 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab sinov tariqasida ishga tushirilayotgan platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

  • sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
  • respublikadagi turoperatorlar va turagentlar хizmatlari, shu jumladan, sayyoхlarga gid, gid-tarjimon, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, ekskursiya yetakchilari хizmatlaridan foydalanish;
  • yoʻnalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi хizmatlaridan foydalanish;
  • avtobus, avia va temir yoʻl chiptalari, madaniy meros ob’yektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini хarid qilish;
  • хalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik хizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
  • turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev