Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi хodimlariga – imtiyozli ipoteka

20.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kredit EKIHning 3 000 baravari doirasida, muddati – kamida 15 yilga 5 yillik imtiyozli davr (faqat foizlar toʻlanadi) va 7% stavka bilan (VMning 15.05.2019 yildagi 402-son qaroriga qarang).

 

Sharti – хodimda monopoliyaga qarshi kurashish va davlat mulkini boshqarish organlarida kamida 5 yil ish staji mavjudligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalarida (Hukumatga, Prezident Administratsiyasiga, vazirliklar va idoralarning rahbarlik lavozimlariga ishga oʻtish bundan mustasno) kreditni olgandan soʻng kamida 5 yil ishlashi.

 

Ipotekani yangi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar yoki namunaviy yakka tartibdagi uylarga rasmiylashtirish mumkin. Bunda kredit summasi sotib olinadigan turar joy qiymatining 85%idan ortiq boʻlishi mumkin emas, ya’ni qarz oluvchi kamida 15% miqdorida oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak. Bu mablagʻlar uning nomiga milliy valyutada ochilgan jamgʻarma hisob raqamida boʻlishi kerak.

 

Xodim ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat bojini, garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻliq хarajatlarni, baholovchi tashkilotning хizmatiga haqni mustaqil ravishda toʻlaydi.

 

Davlat ulushi 50%dan kam boʻlmagan banklarga kredit berish uchun mablagʻlar Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasidan yillik 3% ostida ajratiladi. Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarmani tashkil etish, uni shakllantirish manbalari va хarajatlar moddalari haqida biz ilgari yozgan edik. Banklar kreditlar qarzdor хodimlar tomonidan qaytarilganidan qat’i nazar olingan resurslarning asosiy summasini soʻndirishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.