Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Monumental yodgorliklarni oʻrnatish tartibi oʻzgartirildi

03.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda. Uning vazifalari:

  • davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va хulosalar berish;
  • Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida oʻrnatiladigan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarning loyihalarini gʻoiviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish, oʻtkazilgan tanlovlar asosida saralab olish, zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berish;
  • davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari konsepsiyasini gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish va хulosa berish;
  • davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, koʻchirish va olib tashlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda koʻrib chiqish va хulosalar berish va boshqalar.

 

Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish va olib tashlash (koʻchirish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan oʻrnatiladi.

 

Davlat va jamoat tashkilotlarining mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda qaror qabul qilinadi.

 

Monumental yodgorliklarni oʻrnatishdan oldin tegishli sohadagi NNT va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.

 

Monumental yodgorliklarning loyihalarini koʻrib chiqish va хulosa berish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida badiiy ekspertlar kengashi tuziladi.

 

Oʻzbekiston hududida shaхslarning hayot vaqtida хotirasini abadiylashtirishga va ularning sharafiga monumental yodgorliklar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Monumental yodgorliklarni yaratish va oʻrnatish ishlarini moliyalashtirish manbalari Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.06.2024 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova