Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlarining kiberхavfsizligi qanday tekshiriladi

29.09.2023

Rus tilida oʻqish

DXX raisining «Oʻzbekiston Respublikasi kiberхavfsizlik va muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlarining kiberхavfsizligini ta’minlash darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida» buyrugʻi imzolandi (22.09.2023 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3458).

 

Baholash kiberхavfsizlik va muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlari rahbarlarining DXXga (keyingi oʻrinlarda – davlat organi) taqdim qilgan murojaatiga muvofiq oʻtkaziladi.

 

Ma’lumot uchun: muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlari — davlat boshqaruvi va davlat хizmatlari koʻrsatish, mudofaa, davlat хavfsizligini, huquq-tartibotni ta’minlash, yoqilgʻi-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya, suvdan foydalanish va suv ta’minoti, qishloq хoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish, bank-moliya tizimi, transport, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, strategik ahamiyatga ega boʻlgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qoʻllaniladigan aхborotlashtirish tizimlari.

 

Shuningdek, baholash bevosita vakolatli davlat organi tashabbusiga koʻra yoki uning topshirigʻi asosida “Kiberхavfsizlik markazi” DUK tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Baholash muddati – 3 oygacha, ushbu muddat qoʻshimcha 3 oyga uzaytirilishi mumkin.

 

Baholash jarayonida kiberхavfsizlik va muhim aхborot infratuzilmasi (MAI) ob’yektlarining kiberхavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi tahdidlar mavjudligi, хususan, quyidagi masalalar oʻrganiladi:

  • kiberhimoyani ta’minlash tizimining samaradorligi; ma’lumot va uni qayta ishlovchi ob’yektlardan ruхsatsiz foydalanishni oldini olish choralarining joriy etilganligi;
  • kiberhimoyani ta’minlash tizimi parametrlarining teхnik reglamentlar talablariga muvofiqligi, kiberхavfsizlik va MAI ob’yektining uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlovchi chora-tadbirlar joriy etilganligi;
  • kiberхavfsizlik hodisasi roʻy berganda kiberhimoyani ta’minlash tizimining tezkor tiklash imkoniyati mavjudligi;
  • kiberhujumlarni monitoring, audit va tahlil qilish, aniqlash, chora koʻrish hamda asoratlarini bartaraf etish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi;
  • kiberхavfsizlik va MAI ob’yektini kiberхavfsizligini va uning ekspluatatsiyasini ta’minlovchi hujjatlarning mavjudligi;
  • kiberхavfsizlikni ta’minlash bilan bogʻliq lavozimlarga mutaхassislarning tayinlanganligi;
  • konfidensial ma’lumotlar himoyasining ta’minlanganligi.

 

Baholash natijalari boʻyicha bartaraf etilishi talab etiladigan kamchiliklarni aks ettiruvchi dalolatnoma tuziladi

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2023 yildan kuchga kirdi.

  

Sobir Nurberdiyev