Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-296-son qaror boʻyicha chakana savdoda nimalar oʻzgarmoqda «Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak Lizingga oluvchida lizingni qanday hisobga olish kerak

Muqobil energetikani rivojlantirish qanday amalga oshiriladi

16.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021 yildagi 639-son qarori bilan muqobil energetika, elektroteхnika hamda mikroelektronika sanoatini rivojlantirish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarim oʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilandi. 

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli kompleks dastur tasdiqlandi:

  • muqobil energetika, elektroteхnika sanoati, mikro- va nanoelektronikani rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaхassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
  • ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, yoshlarni ilm-fanga jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash;
  • moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish, yangi ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga koʻmaklashuvchi tuzilmalarni tashkil etish.

 

Yarim oʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida:

  • «Yarimoʻtkazgichlar materialshunosligi» laboratoriyasi negizida «Mikroelektronika va elektroteхnika materialshunosligi» laboratoriyasi;
  • «Geliofizika va muqobil energiya manbalari» laboratoriyasi negizida «Muqobil energiya manbalari» laboratoriyasi;
  • «Yadro-fizikaviy tadqiqotlar» laboratoriyasi negizida «Yadro fizikaviy tadqiqot metodlari» laboratoriyasi tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, hujjat bilan Yarim oʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi tasdiqlandi. Institut tuzilmasida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan yarim oʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariaro konstruktorlik-tajriba byurosiga ega boʻlgan Mikroelektronika ilmiy-innovatsion markazi tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.