Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Muruntov» koni elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

01.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.05.2020 yildagi «Muruntov» konini oʻzlashtirish» (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat ob’yektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash» investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 331-son qarori qabul qilindi.

 

Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida kapital qoʻyilmalarning umumiy qiymati ekvivalentda $113 755 mingni tashkil etadi, shundan $56 255 mingi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) mablagʻlari, $8 800 mingi – Moliya vazirligining ssudasi va $48 700 mingi – tijorat banklari kreditlari.

 

NKMK investitsiya loyihasining tashabbuskori va mas’ul qarz oluvchi hisoblanadi, qarzni soʻndirish va u bilan bogʻliq хarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.

 

Qaror bilan tasdiqlangan loyiha TIHKning asosiy koʻrsatkichlari ilovada keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.