Vazirlar Mahkamasining 17.10.2025 yildagi 652-son "Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning 15.11.2024 yildagi PQ-391-son va PQ-392-son qarorlari bilan umumiy oʻrta ta’lim maktablarida "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" fanlarini oʻqitishni tubdan takomillashtirish hamda ushbu fanlar boʻyicha oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" fanlari oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholashning milliy tizimi joriy etiladi.
Milliy attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi:
- birinchi bosqichda – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish;
- ikkinchi bosqichda – tegishli ravishda Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan amaliy (ijodiy) sinovlarni oʻtkazish.
Test sinovidan oʻtish uchun talabgor YaIDXPda roʻyхatdan oʻtishi kerak, shundan soʻng talabgor test sinovi oʻtkaziladigan sana va joy haqida ma’lumot oladi.
Test natijalari хalqaro metodologiya – Rash modeli asosida hisoblanadi. A+, A, V+, V, S+, S baholash sertifikatlari elektron shaklda 3 yil muddatga beriladi.
Amaliy (ijodiy) imtihon va test sinovlarining oʻrtacha natijalari boʻyicha:
- 70 va undan yuqori ball – A+;
- 65 – 69,9 – A;
- 60 – 64,9 – V+;
- 55 – 59,9 – B;
- 50 – 54,9 – C+;
- 46 – 49,9 – B.
V+ va undan yuqori darajadagi sertifikat olgan oʻqituvchining oylik ish haqiga qonunchilikda belgilangan tartibda ustama haq toʻlanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" fanlari oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikatlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Oʻqituvchining ma’lumot darajasi va kasbiy mahorati toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunasi va tavsifi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



