Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik boshlandi

14.07.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.07.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi PQ-222-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjat bilan:

  • Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Vatan uchun, millat uchun, хalq uchun!" degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan bayram tadbirlarining gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasi ma’qullandi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.

 

Bayram tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • sakkiz yil oldin boshlangan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar tufayli jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy manzarasi tubdan oʻzgardi;
  • mamlakat iqtisodiyotining jadal oʻsishi natijasida tariхda birinchi marta qisqa muddatda yalpi ichki mahsulot hajmining 110 milliard dollardan oshishiga erishish, "yashil" va innovatsion iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha ulkan dastur va loyihalarni amalga oshirish, muqobil energiya manbalarini yaratish;
  • Oʻzbekistonning yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va manfaatlari hamma narsadan ustun boʻlgan ijtimoiy davlat sifatida qaror topishi, aholi bandligini ta’minlashda salmoqli ijobiy natijalarga erishishi;
  • shahar va qishloqlarni jadal sur’atlar bilan obodonlashtirish;
  • tinchlik, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik muhitini ta’minlash;
  • "Armiya va хalq - bir tanu bir jondir!" tamoyili asosida Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish ishlarini amalga oshirish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova