Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mustaqillik kuniga tayyorgarlik boshlandi

03.06.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.

 

Hujjatda mustaqil Oʻzbekistonning tariхiy taraqqiyot yoʻli va milliy mustaqillik yillarida davlatimiz erishgan asosiy yutuqlar haqida soʻz boradi.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlanib, unga “Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish topshirildi.

 

Mustaqillik bayramiga bagʻishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida uchrashuv va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targʻibot guruhlari tashkil etiladi.

 

Mamlakatimizda bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy ob’yektlarni oʻz vaqtida ishga tushirish choralari koʻriladi.

 

Vazirliklar va idoralarga soha NNTlari bilan birgalikda yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun yoshlar festivallarini, shuningdek an’anaviy koʻrik-tanlovlarning yuqori darajada oʻtkazilishini ta’minlash topshirildi.

 

OAVlariga Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etildi.

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.