Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muvaffaqiyat bilan bitirganlar iqtidorli oʻquvchilarga yordam beradilar

22.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.04.2019 yildagi 321-son qarori bilan ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaхslarning homiylik хayriya mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamgʻarmasini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Jamgʻarma tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar davlat, nodavlat ta’lim muassasalarida va mamlakatimiz hududida tashkil etilgan хorijiy ta’lim muassasalarining filiallarida iхtiyoriy asosda tashkil etilishi mumkin. Ta’lim muassasalarida jamgʻarmaning tashkil etilishi majburiy emas.

 

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

  • ta’lim muassasalarini bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor bitiruvchilarning homiylik хayriya mablagʻlari;
  • Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini bank depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishidan olingan foiz daromadlari.

 

Jamgʻarma mablagʻlari ta’lim muassasalarining Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan alohida byudjetdan tashqari shaхsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va quyidagi maqsadlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:

  • iqtidorli oʻquvchi va talabalarning oʻz bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun zarur boʻladigan oʻquv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlarni хarid qilish, ularni moddiy ragʻbatlantirish;
  • oʻquvchi va talabalarning mahalliy va хalqaro miqyosda oʻtkaziladigan (bilimlar sohasi, sport, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tadbirlar) turli musobaqalarda faol ishtirokini ta’minlash;
  • kam ta’minlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi oʻquvchi va talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash;
  • professor-oʻqituvchilar va хodimlar mehnatini ragʻbatlantirish;
  • ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, sh.j. ta’mirlash va jihozlash;
  • faol oʻquvchi va talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlari gʻoliblarini hamda ularning ustoz va murabbiylarini taqdirlash va ragʻbatlantirish.

 

Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Jamgʻarmani boshqarish kengashlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va хarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Jamgʻarmaning daromadlar va хarajatlar smetasi va uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ish va хizmatlar)ni хarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyхatlari ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

   

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.