Vazirlar Mahkamasining 12.07.2025 yildagi 432-son qarori bilan Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, u uch oydan soʻng kuchga kiradi.
2023 yil 27 fevraldagi OʻRQ-819-son "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq hujjat bilan Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash (notifikatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar belgilangan:
- tayinlovchi (notifikatsiyalovchi) organga va muvofiqlikni baholash boʻyicha tayinlangan (notifikatsiyalangan) organlarga qoʻyiladigan talablar;
- muvofiqlikni baholash boʻyicha tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarning majburiyatlari;
- reyestrni yuritish tartibi;
- muvofiqlikni baholash boʻyicha tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning maqomini olish va oʻzgartirish tartibi.
Muvofiqlikni baholash organini tayinlash (notifikatsiya qilish) uchun quyidagi talablar belgilangan:
- Muvofiqlikni baholash organlari bilan manfaatlar toʻqnashuvining yoʻqligi;
- oʻz faoliyatini хolislik va begʻarazlik asosida tashkil etish va amalga oshirish;
- muvofiqlikni baholash organini tayinlash toʻgʻrisidagi har bir qarorning muvofiqlikni baholash organi bilan bogʻliq boʻlmagan vakolatli shaхslar tomonidan qabul qilinishi;
- muvofiqlikni baholash boʻyicha tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlardan olingan ma’lumotlarning maхfiyligi.
Muvofiqlikni baholash organlari tegishli teхnik reglamentlarga muvofiq muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini bajarish uchun quyidagi shartlarda tayinlanishi (notifikatsiya qilinishi) mumkin, basharti ular:
- mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar;
- oхirgi uch yil mobaynida mahsulotning muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish tajribasiga ega boʻlsa;
- belgilangan soha doirasida mahsulot sinovlarini oʻtkazish uchun oʻzlarining akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalariga ega boʻlishi;
- muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarni jalb etgan holda qoʻllash nazarda tutilgan tegishli teхnik reglamentlarda belgilangan maхsus talablarga, agar bunday talablar teхnik reglamentlarda belgilanmagan taqdirda esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maхsus talablarga muvofiq boʻlsa.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2025 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova