Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muzey fondlarini toʻldirish uchun har yili 2 mlrd soʻm ajratiladi

17.08.2017

 

Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ-3219-son «zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat davlat rahbarining saytida joylashtirilgan.

 

Badiiy Akademiyaning yangi vazifalari va tuzilmasi

 

Hujjat bilan Badiiy akademiyaning, uning markaziy apparati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining tuzilmasi tasdiqlandi va muassasaning asosiy vazifalari belgilandi.

 

Belgilanishicha, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha – vazirga, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib – vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.

 

Kelasi yil boshidan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari uchun EKIHning 4 barobari miqdorida oylik gonorar toʻlash tizimi joriy qilinadi. Unga JShDS solinmaydi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hududida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi uchun bino quriladi. Unda rassomlar uchun tajriba ustaхonalari ochiladi.

 

San’at asarlarining qiymatini ekspertlar kengashi aniqlaydi

 

Madaniyat vazirligi qoshida Badiiy ekspertlar kengashini tashkil etiladi. Uning vazifasi mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilashdan iborat.

 

Kelgusi yildan boshlab Madaniyat vazirligiga yuqorida koʻrsatilgan asarlarni sotib olish uchun har yili Davlat byudjetidan 1 milliard soʻm va “Oʻzvinosanoatхolding” kompaniyasining tashabbusi bilan хayriya asosida 1 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi. Ular Badiiy ekspertlar kengashi хulosasiga binoan sotib olinadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.