Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nafaqa olish uchun onlayn ariza beriladi

21.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.11.2023 yildagi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 596-son qarori qabul qilindi.

 

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2024 yil 1 apreldan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. 

 

Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi (21.10.2021 y. 654-son VMQ bilan tasdiqlangan). 

 

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 aprelga qadar kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda ma’lumotnoma taqdim etish boʻyicha elektron shaklda davlat хizmatini koʻrsatishni YaIDXI orqali joriy etish topshirildi.

 

1 apreldan boshlab oilaning daromadlari kam ta’minlanganlik mezoniga muvofiqligini aniqlashda minimal iste’mol хarajatlarining yangi miqdori Statistika agentligi ma’lumotlariga asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun taqdim etilgan arizalarga qoʻllaniladi. 

 

Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar 2023 yil 15 noyabrdan soʻng taqdim etilgan arizalarga nisbatan joriy etiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.