Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Nafaqalarni qayta hisoblash tartibiga aniqlik kiritildi

29.09.2016

 

Moliya vazirining buyrugʻiga asosan (roʻyхat raqami 2826, 20.09.2016 y.) PF–4822 boʻyicha Pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 

 

01.10.2016 y.dan keyin ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011 yil 1 oktyabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini tenglashtirish uchun koʻrsatilgan farmonning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.

 

01.10.2016 y.gacha tayinlangan pensiyalar ularning miqdorini 1,15 baravar oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.

 

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (149 775 soʻm х 8 = 1 198 200 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.

 

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti qoʻllanilgan yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 1 198 200 soʻm (149 775 soʻm х 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan foizlarga koʻpaytiriladi.

 

Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionerlar pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.

 

Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (149 775 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.

 

Yelena Yermoхina,

 ekspert-yuristimiz

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_