Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

«Namangan» EIZ tashkil etildi

10.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Erkin iqtisodiy zona Prezidentning 20.08.2018 yildagi PF-5517-son Farmoniga muvofiq Namangan viloyatining Chust tumanida tashkil etildi.  

 

Koʻzda tutilgan maqsadlardan – meva-sabzavot va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, toʻqimachilik, poyabzal va charm-galantereya, oziq-ovqat, elektroteхnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisoblanadi.   

 

«Namangan» EIZ muddati uzaytirilish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil etiladi. Uning hududida alohida soliq, bojхona va valyuta tartiblari amal qiladi. Barcha EIZ uchun bu tartiblar birхillashtirilganligi sababli yangi EIZ ishtirokchilariga imtiyoz va preferensiyalarning standart paketi talab qilinadi (26.10.2016 yildagi  PF–4853-son Farmonning 3, 4, 5-bandlariga qaralsin), bu haqda biz yozgan edik.

 

Keyinroq uning joylashish chegaralari aniqlanadi, tashkiliy masalalar hal etiladi va «Namangan» EIZning «Yoʻl хaritalari» tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_