Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Namangan viloyatining suv ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi

18.09.2017

 

Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ–3273-son «Namangan shahri va Namangan viloyatining Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya хizmatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbarining saytida e’lon qilingan.

 

Hujjat quyidagi loyihalarning amalga oshirilishini koʻzda tutadi:

  • «Namangan shahrining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish». Loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 98 million AQSh dollari miqdoridagi krediti jalb etiladi;
  • «Pop tuman markazining vodoprovod taqsimlovchi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish»;
  • «Pop tuman markazining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish». Loyiha doirasida «Xalqobo suv olish inshootlarida  yer osti suvlarining tasdiqlangan zaхiralaridan foydalaniladi;
  • «Namangan shahrining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish».

 

Loyihalarni amalga oshirishda bosh pudratchilarga asbob-uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni istisno tariqasida tender savdolarini oʻtkazmasdan eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan, joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazish bilan tuzishga, shuningdek subpudratchilarni jalb etishga ruхsat berildi.

 

Loyihalarda ishlatiladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar), jumladan buyurtmachi, bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar, shu jumladan ishlab chiqaruvchilar va jalb etiladigan subpudratchilar tomonidan sotib olinadigan materiallar, хom ashyo va asbob-uskunalar QQSdan ozod etiladi.

 

Qaror bilan qator tashkiliy masalalar ham tartibga solingan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.