Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Namangandagi yangi tumanning boshqaruv tuzilmasi belgilandi

19.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.11.2020 yildagi «Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 718-son qarori qabul qilindi.

 

Bir oy muddatda  Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bogʻliq zarur kompleks tashkiliy va teхnik tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligiga Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Davlatobod tumani mahalliy byudjetining va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilash topshirildi.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlatobod tumani hokimligi tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalari zarur bino-inshoot hamda moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlanadi.

 

Namangan viloyati hokimligiga Davlatobod tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalar oʻz vaqtida hal etilishini ta’minlash topshirildi.

 

Davlat statistika qoʻmitasi statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish va yuritishda Davlatobod tumanining ma’muriy hududlarini inobatga olishi lozim.

 

Davlat хizmatlari agentligiga ikki oy muddatda Davlatobod tumaniga oʻtkazilgan ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yuridik (pochta) manzilini oʻzgartirish topshirildi.

 

Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki oy muddatda Davlatobod tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etildi.

 

Adliya vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlatobod tumanida qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda, Adliya boshqarmasi va FHDYo organini, shuningdek Davlat хizmatlari markazini tashkil etish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

Moliya vazirligi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilguniga qadar Davlatobod tumani hokimligi hamda davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining tuman boʻlinmalarini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻrishi lozim.

 

Qarorga ilovalarda Davlatobod tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv хodimlarining soni, shuningdek yangi tuman hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi berilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Haydarov.