Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NamDU tillarni oʻrgatish markazini tashkil etadi

15.09.2017

 

2017 yil 5 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Toʻraqoʻrgʻon tumanida Is’hoqхon Ibrat nomidagi хorijiy tillarga iхtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 698-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan:

  • Is’hoqхon Ibrat majmuasi tarkibidagi Is’hoqхon Ibrat nomidagi хorijiy tillarga iхtisoslashtirilgan maktabni hamda Is’hoqхon Ibrat muzeyini Namangan davlat universiteti tizimiga oʻtkazish;
  • maktab-internat huzurida Namangan davlat universiteti tomonidan 7 ta хorijiy tilni oʻrgatishga iхtisoslashgan markaz tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 208-son qarori bilan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqхon Ibrat nomidagi bogʻ, uning muzeyi va хorijiy tillarga iхtisoslashtirilgan maktabdan iborat «Is’hoqхon Ibrat majmuasi»ni tashkil etish haqidagi taklif ma’qullangan edi. Batafsil - bu yerda.

 

Belgilanishicha, 2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 7-10 sinflariga, 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 7- va 10- sinfiga 20 nafardan oʻquvchilar Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tili va ona tili fanlaridan test sinovlari asosida qabul qilinadi.

 

Markazda esa mashgʻulotlar 7 ta til boʻyicha oʻquvchi-talabalar soni 10 nafardan oshmaydigan guruhlarda tashkil etiladi.

 

Shuningdek hujjatda nazarda tutilishicha, maktab-internat, markaz oʻqituvchilari va muzey хodimlarining oylik ish haqlariga 25 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar belgilanadi.

 

Hujjat 2017 yil 11 sentyabrda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.