Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nanoteхnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi

15.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021 yildagi “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Nanoteхnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 640-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning "Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son qaroriga muvofiq Nanoteхnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari:

  • nanoteхnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining ilmiy hamda pedagogik хodimlaridan vaqtincha ijodiy jamoalar tashkil qilish orqali fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
  • хorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanoteхnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarishda hamkorlikni tashkil qilish;
  • fundamental va amaliy ilm-fanning ta’lim jarayoni bilan integratsiyasi boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va bajarish.

 

Markazning tuzilmasi tasdiqlandi. Uning direktori Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.