Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Naslchilik хoʻjaligi maqomini qanday olish mumkin

13.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 19.02.2020 yildagi 100-son qarori bilan Naslchilik хoʻjaliklari maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Bunda ilgari berilgan naslchilik хoʻjaligi maqomi berish toʻgʻrisidagi guvohnomalar amal qilish muddati tugaguniga qadar haqiqiy hisoblanishi belgilangan.

 

Naslchilik хoʻjaliklari maqomi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi «Oʻzbekchorvanasl» agentligi (keyingi oʻrinlarda – vakolatli organ) tomonidan beriladi.

 

Naslchilik хoʻjaliklari maqomi yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning (keyingi oʻrinlarda - talabgorlar) murojaatida koʻrsatilgan muayyan toifaga va/yoki zotdagi hayvon turiga yoki faoliyat yoʻnalishiga berilishi mumkin. Naslchilik хoʻjaliklari maqomi berilgan toifani Nizomda belgilangan umumiy asoslarda oʻzgartirish mumkin.

 

Talabgorlarning naslchilik хoʻjaligi maqomiga loyiqligini baholash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar «Chorvanasl» markazlari (keyingi oʻrinlarda – hududiy «Chorvanasl» markazi) direktorlarining buyrugʻi bilan naslchilik хoʻjaliklari maqomini berish boʻyicha hududiy davlat attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi. U «Chorvanasl» markazlari huzurida faoliyat yuritadi.

 

Komissiyaning majlislari hujjatlarning kelib tushishiga qarab oʻtkaziladi. Navbatdan tashqari majlislar (naslchilik sub’yektlari tomonidan minimal talablarga nisbatan kamchiliklar, buzilish holatlari belgilangan tartibda aniqlanganda) ham oʻtkazilishi mumkin. Komissiya qarorlari uning a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

 

Komissiya qarori tegishli hujjatlar ilova qilingan holda 2 ish kuni davomida  tomonidan naslchilik хoʻjaligi maqomini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, hududiy «Chorvanasl» markazi tomonidan vakolatli organga yuboriladi, ushbu organ 3 ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi. Vakolatli organ rahbari tomonidan talabgorga naslchilik хoʻjaligi maqomini berish toʻgʻrisidagi buyruq 2 ish kuni davomida imzolanadi.

 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi naslchilik хoʻjaligi maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish hamda naslchilik хoʻjaligi maqomi haqidagi guvohnomani imzolashga haqli. Guvohnoma 1 ish kunida rasmiylashtiriladi. Ushbu guvohnoma 2 ish kunida toʻgʻridan-toʻgʻri talabgorga yoki unga yetkazish uchun hududiy «Chorvanasl» markaziga yuboriladi.

 

Naslchilik хoʻjaligi maqomi 5 yil muddatga beriladi. Naslchilik хoʻjaligi maqomini berish hamda naslchilik хoʻjaligini qayta davlat attestatsiyadan oʻtkazish uchun talabgordan 2 BHM miqdorida yigʻim undiriladi. Undirilgan yigʻim hududiy «Chorvanasl» markazlari hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

 

Naslchilik хoʻjaligi maqomini berish jarayoni tasdiqlangan sхemasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Nizomda naslchilik хoʻjaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish, shuningdek uning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va bekor qilish tartibi aks ettirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.