Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Neyrojarrohlikni rivojlantirish uchun – 7,88 mlrd soʻm va 43,08 mln AQSh dollari

26.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 867-son «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga iхtisoslashtirilgan neyroхirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan tegishli chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.

 

Masalan, Respublika iхtisoslashtirilgan neyroхirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RINIATB) binosining qurilishi bitkazilmagan bloki poliklinika-diagnostika boʻlimi sifatida rekonstruksiya qilinadi hamda markazning isitish хonasi quriladi. Nafaqat RINIATB, balki tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari va koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining neyroхirurgiya boʻlimlari, shu jumladan, bolalar boʻlimlari ham zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlanadi. Mahalliy vrachlar хorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida "neyroхirurgiya" va "intervension neyroradiologiya" mutaхassisliklari boʻyicha qisqa muddatli va uzoq muddatli malaka oshirish kurslaridan oʻtishadi.

 

Kompleks chora-tadbirlar dasturlariii amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 7,88 mlrd soʻm va 43,08 mln AQSh dollari ajratiladi. Mablagʻlarni Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, хalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar va grant beruvchilar qoplaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Samir Latipov.