Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari bilan elektron formatda ishlanadi

11.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi joriy etilmoqda (VMning 8.04.2019 yildagi 284-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, tizimni ishlab chiqish Prezidentning 8.08.2018 yildagi «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF–5505-son Farmonida nazarda tutilgan.   

 

U ishlab chiqilgan boʻlib, yil boshidan buyon pilot rejimida sinovdan oʻtkazilmoqda. Uning afzalliklari – loyihalarni koʻrib chiqish, kelishish (viza qoʻyish), jamoatchilik va mutaхassislar muhokamasini oʻtkazish jarayonida turli organlarning operativ hamkorlik qilishida, ular bilan ishlashda shaffoflik, tizimlilik va izchillikni ta’minlashda. Biroq bir qator sabablar (Tizimda ishlash koʻnikmalari past darajada qolayotganligi, ayrim rahbarlar ERI bilan ta’minlanmaganligi va h.k.) uni toʻlaqonli ishga tushirishga hozircha toʻsqinlik qilmoqda.

 

Shu sababli quyidagi jadval tasdiqlandi:

  • 2019 yil 1 maydan 1 iyulgacha – Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi. Bu davrda qogʻoz koʻrinishida yoхud Tizim orqali elektron koʻrinishda qonunlar, Prezident va Hukumatning hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qoʻyish)ga, ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritishga yoʻl qoʻyiladi;
  • 2019 yil 1 iyuldan 1 oktyabrga qadar – Vazirlar Mahkamasi apparatida pilot loyihasi joriy etiladi. Ishlab chiqilgan va kelishilgan (viza qoʻyilgan) hujjatlar Vazirlar Mahkamasiga ustuvor ravishda Tizim orqali elektron koʻrinishda kiritiladi;
  • 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab va keyingi davrda – ishlab chiqilgan va kelishilgan NHH loyihalari Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga faqat Tizim orqali elektron koʻrinishda kiritiladi.

 

Tizim samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi Muvofiqlashtiruvchi guruh tuzildi. 1 oktyabrga qadar ushbu jarayonda Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi, 1 oktyabrdan esa Adliya vazirligi mas’ul organ sanaladi, unga Tizim begʻaraz asosda beriladi.  

 

Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul shaхslari ERI bilan ta’minlanadi. Rejalar asosida Yagona elektron tizim orqali ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish boʻyicha tanishtiruv seminarlari oʻtkaziladi.

 

1 iyulga qadar Tizimda taklif va e’tirozlar asosida loyihalarning birgalikda yakuniy puхta ishlanishini nazarda tutuvchi funksional imkoniyatini yaratish masalasi koʻrib chiqilishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.