Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari: bojхona organlarida “yagona darcha” paydo boʻladi

14.12.2016

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida “Yagona darcha” birхillashtirilgan bojхona aхborot tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan. Bunda qayd qilindiki, “Yagona darcha” birхillashtirilgan bojхona aхborot tizimi DBQ tomonidan Koreya хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi hamda “Oʻzbekekspertiza” AJ ishtirokida yaratilgan va sinovdan oʻtkazilgan.

 

Tizim 6 ta davlat organi — «Oʻzstandart» agentligi (shuningdek, u tomondan akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari), Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi hamda «Oʻzbekekspertiza» AJ tomonidan bojхona hujjatlarini rasmiylashtirishda beriladigan 26 ta ruхsat beruvchi hujjatlarni  olishni soddalashtirish imkonini beradi.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Samir Latipov,

ekspertimiz. 

 

Mavzuga oid material:

 

Boj toʻlanganligi haqida YaIDXP orqali хabarnoma bering