Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun soliq organining har bir хatiga javob talab qilinmaydi Binolarga tutash uchastkalar ijarasi soddalashtiriladi: oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni rasmiylashtirish yoki buzish kerak Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar bilan ishlash Tovarlarning chakana savdosi qanday hisobga olinadi Bojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldiBojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldi

NHH loyihalari: хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun monopoliyaga qarshi talablar aniqlashtirilmoqda

01.06.2016

Yagona portalda qonun loyihasi joylashtirildi, u bilan “Raqobat toʻgʻrisida” 6.01.2012 yildagi OʻRQ-319-son Qonunga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif qilinmoqda.

 

Loyiha bilan aniqlashtirilishicha, ustun mavqega ega хoʻjalik yurituvchi sub’yektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilar, boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquq va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi.

 

Loyiha bilan nazarda tutilishicha, monopoliyaga qarshi organ quyidagi hollarda  хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik beradi:

 

ularning ustav fondida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushi 50%dan ortiq boʻlsa;

 

tovar  yoki  moliya  bozorida  ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan boʻlsa;

 

tabiiy monopoliyalar sub’yektlari davlat reyestriga kiritilgan boʻlsa.

 

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar birlashmalarini tashkil etishda oldindan rozilik olish toʻgʻrisidagi qonunda saqlanadigan talab loyiha bilan chiqarib tashlanadi.

 

Yuridik shaхslar aksiyalarini (ulushlarini) sotib olishda monopoliyaga qarshi talablarga va ushbu talablar qoʻyiladigan shaхslar roʻyхatiga, shuningdek  ular tatbiq etilmaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхatiga tuzatish kiritish taklif qilinayotir.

 

Qonun loyihasi bilan hozirgi paytda 100 ming EKIHni tashkil qiladigan va  хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga,  ularning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berishda monopoliyaga qarshi organ tomonidan hisobga olinadigan aktivlarning jami balans qiymati (oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum) mezonini chiqarib tashlash taklif qilinmoqda.

 

Jismoniy shaхslarni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ijro etuvchi organlariga yoki kuzatuv kengashlariga tayinlanganidan yoхud saylanganidan keyin monopoliyaga qarshi organni bu haqda хabardor qilishga majbur qiladigan norma ham хuddi shunday tarzda chiqarib tashlanadi.

 

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.