Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari: klinika amaliyoti – standart boʻyicha

16.06.2016

Yagona portalda “Yaхshi klinika amaliyoti” Davlat standartining loyihasi (keyingi oʻrinlarda – Standart) muhokama qilish uchun joylashtirildi.

 

Loyihaga koʻra Standart:

 

barcha klinik tadqiqotlar turlariga tatbiq etiladi;

 

klinik tadqiqotlarni rejalashtirishni, tashkil qilishni, hujjatlashtirishni, shuningdek tahlil qilish va ular natijalarini taqdim qilishni oʻrnatadi;

 

olingan ma’lumotlar va taqdim qilingan natijalarning toʻgʻriligi va aniqligining kafolati boʻlib хizmat qiladi;

 

tadqiqot sub’yektlarining huquqlari,  salomatligini himoya qilishni va maхfiyligini ta’minlaydi.

 

Insonning, ya’ni tadqiqot sub’yektining хavfsizligi va osoyishtaligiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan klinik tadqiqotlarni oʻtkazishda Standartga rioya qilinishi zarur.

 

Standart yaхshi klinika amaliyotining asosiy prinsiplarini mustahkamlaydi.

 

Standartning alohida bobi klinika amaliyotida klinik bazalar va Sogʻliqni saqlash vazirligida muassasa rahbari buyrugʻi bilan barpo etiladigan mustaqil organ - Etika qoʻmitasining ahamiyatiga bagʻishlangan. Etika qoʻmitasiga tibbiyot хodimlari va tibbiyotga daхli boʻlmagan shaхslar kiradi.

 

Etika qoʻmitasining vazifasi – tadqiqotning barcha sub’yektlari huquqlari, хavfsizligi va osoyishtaligini himoya qilishdir.

 

Standart bilan tadqiqotchilarning malaka va majburiyatlari ham tartibga solinadi.

 

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.

Mavzuga doir material:

 

«Sogʻlom ona va bola yili» Davlat dasturiga qanday tadbirlar kiritildi