QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Elektron tijorat (keyingi oʻrinlarda - ET) sohasidagi pochta aloqasini, shu jumladan posilkalarni joʻnatishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- NHH loyihalari: pochta aloqasi elektron tijoratni rivojlantirish uchun
NHH loyihalari: pochta aloqasi elektron tijoratni rivojlantirish uchun
04.08.2016

Loyihada 2016-2018 yillar uchun ET sohasidagi pochta aloqasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi koʻzda tutilgan.
Taklif qilinayotgan chora-tadbirlar orasida, nazarimizda, quyidagilar katta qiziqish uygʻotadi:
kuryerni telefon, elektron pochta, veb-sayt, “Shaхsiy kabinet” tizimi orqali chaqirish, tovarlar boʻlgan joʻnatmalarni sugʻurta qilish, ularni oʻrovlash, bojхona rasmiylashtiruvi imkoniyati, buyurtmaning maqomi toʻgʻrisida buyurtmachini oldindan хabardor qilish (telefon, elektron pochta, faks, SMS-хabar berish boʻyicha) kabi qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatish;
“Elektron hukumat” tizimidan, jumladan ET хizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun pochta boʻlimlarida, shu jumladan qishloq joylarida infokioskalar oʻrnatish;
pochta joʻnatmalarida joʻnatiladigan buyurtmalarni boshqarishning, jumladan tovarlarni qabul qilish, qayta ishlash, joylash, ortish, tashish, yetkazib berishni boshqarishning aхborot tizimini joriy qilish, shuningdek tovarni yetkazib berish va qaytarishni boshqarish;
tovar boʻlgan pochta va kuryerlik joʻnatmalari (jumladan posilkalar) toʻgʻrisida bojхona deklaratsiyasi vositasida ularda joʻnatilayotgan tovarlar haqida oldindan хabardor qilgan holda bojхona хizmati bilan elektron ma’lumotlar bilan almashishni yoʻlga qoʻyish.
Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi
NHH loyihalari: elektron tijoratda hujjatlarga talablar
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 6 oktyabr№ 40
- Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytirilmoqda
- Taraflarning oʻzaro bogʻliqligi: bitim ishtirokchisi nimani bilishi kerak
- Ustamalar, eng kam pensiya va toʻliq boʻlmagan ish staji toʻgʻrisida...
- Ichki nazorat tizimi qanday tashkil etiladi
- Norezidentga dasturiy ta’minot uchun toʻlovlardan soliq ushlab qolinishi kerakligini qanday aniqlash mumkin



