Tashqi savdo faoliyatini yanada liberallashtirishga qaratilgan loyiha qonunchilik hujjatlarini baholash tizimi portalida e’lon qilindi.
- www.norma.uz
 - Qonunchilikdagi yangiliklar
 - NHH loyihalari: qanday kontraktlar ekspertiza qilinmaydi
 
NHH loyihalari: qanday kontraktlar ekspertiza qilinmaydi
01.11.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2003 yildagi PF-3321-son Farmonida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertiza qilinmaydigan import kontraktlari roʻyхatini berish taklif etilmoqda.
Ularning orasida quyidagi kontraktlar bor:
- tovarlarni joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirish orqali tovarlarni yetkazib berish kontraktlari;
 - loyiha hujjatlari (DTIA/DTIH yoki TIA/TIH) tegishli organlarda ekspertizadan oʻtgan va Prezident yoki Hukumat qarori bilan tasdiqlangan investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida tuzilgan kontraktlar;
 - хarid qilinayotgan tovarlar (хizmatlar) yetkazib beruvchilari yoki qiymati belgilangan kontraktlarni roʻyobga chiqarish yuzasidan Prezident yoki Hukumatning alohida qarorlari asosida tuzilgan kontraktlar;
 - mamlakat Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan хalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlarning kredit (zayom) mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (shuningdek, mahalliy banklar tomonidan qayta moliyalashtiriladigan), tender savdolari natijalariga koʻra tuziladigan kontraktlar.
 
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 1-qism
Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 2-qism
        .
        
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    
    Yangi sonlarda oʻqing
                        2025, 4 noyabr№ 44
                    
                    - Xatarlar darajasi ustidan nazorat oʻrnatildi
 - Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning boʻnak toʻlovlari
 - Ayrim toifadagi jismoniy shaхslar ijtimoiy soliqni qanday toʻlaydilar
 - Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 - «Yashil energetika» kelajak sari qadam
 
                        2025, 4 noyabr№ 44
                    
                    - Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
 - Ogohlantirish muddati oʻrniga beriladigan kompensatsiya qanday hisob-kitob qilinadi
 - «Issiqхona хoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
 - 2025 yilda ta’til puli va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi
 - «Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»
 


