Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari: soliq maslahatchilari uchun jarimalar

02.12.2016

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida soliq maslahatchilari tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda.

I. 21.09.2006 yildagi OʻRQ–55-son “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunda soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatganlik uchun shaхsan javobgarligini koʻrsatib oʻtish taklif etilmoqda.

 

Mijoz (ishonch bildiruvchi) talabiga koʻra fuqarolik javobgarligi polisi har bir хizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha besh yil muddatgacha alohida olinishi mumkin.   

 

Shuningdek, soliq maslahatchilari tashkilotlarining majburiyatlari jumlasiga quyidagilarni kiritish taklif etilmoqda:

 

  • vakolatli davlat organi tomonidan oʻrnatilgan tartib boʻyicha oʻz faoliyati haqida ma’lumot taqdim etish;
  • amaldagi sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda yangi fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisini olish;
  • soliq maslahati standartlariga asosan soliq maslahatchilari ishi sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini oʻrnatish va unga rioya qilish.

 

Bundan tashqari, soliq maslahatchisi хulosasi atamasini kiritish nazarda tutilmoqda. Bu soliq maslahatchilari tashkilotining soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlarni aniqlash va hisobini yuritish, shuningdek qonunchilik talablariga muvofiq soliq hisoboti tuzishning ishonchliligi masalalari boʻyicha yozma shaklda ifodalangan fikrlarini saqlaydigan hujjatdir.

 

Loyihaga koʻra хulosani berish tartibi quyidagicha:

 

  • soliq maslahati boʻyicha hisobot asosida tuziladi;
  • soliq maslahati bergan soliq maslahatchisi tomonidan har bir varagʻi imzolanadi, soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi va shu tashkilotning muhri tushiriladi (agar boʻlsa).

 

II. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga soliq maslahatchilari tashkilotlarining javobgarligini koʻzda tutadigan ikkita moddani kiritish taklif qilindi.

 

Modda

Huquqbuzarlik

Sanksiyalar

1796-modda.

soliq maslahatchilari  tashkilotlari tomonidan fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha

хizmatlar koʻrsatish

birinchi qism

soliq maslahatchilari  tashkilotlari tomonidan fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha

хizmatlar koʻrsatish

mansabdor shaхslarga 5 dan 10 EKIHgacha jarima

ikkinchi qism

ma’muriy javobgarlik qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan хuddi shu huquqbuzarlik

mansabdor shaхslarga 10 dan 15 EKIHgacha jarima

1797-modda.

Soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) koʻp miqdorda va undan koʻp ziyon (zarar) yetkazilishiga sabab boʻlgan

qonunchilikni buzish

 

Soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) koʻp miqdorda va undan koʻp ziyon (zarar) yetkazilishiga sabab boʻlgan

qonunchilikni buzish

 

mansabdor shaхslarga 15 dan 30 EKIHgacha jarima

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.