Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari: uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun javobgarlik

13.05.2016

Yagona portalda “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisida kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan ruхsatsiz foydalanganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikni kiritishni koʻzda tutadi.

 

Havo hududidan, jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ruхsatsiz foydalanganlik 100 dan 200 EKIHgacha jarima koʻrinishida ma’muriy javobgarlik yoki huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 

Agar mazkur huquqbuzarlik uning uchun ma’muriy undiruv qoʻllanilgandan keyin takroran sodir etilsa yoki badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, aybdor shaхs ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq koʻrinishida jinoiy javobgarlikka tortiladi. Oʻsha harakat odam oʻlimiga sabab boʻlsa, uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Odamlarning qurbon boʻlishi, halokat yuz berishi yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan harakat besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2015 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, sotish va foydalanish taqiqlangan.

 

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz.