Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHHning qoʻllanilish tartibi soʻrovga koʻra tushuntiriladi

08.09.2017

 

7.09.2017 yildagi OʻRQ-443-son “Huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, portalimiz qonun loyihasi bosqichida ushbu hujjatning mazmunini yoritib bergan, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish paytida deputatlarning u boʻyicha izohlarini e’lon qilgandi.

 

Qonun huquqiy aхborotdan foydalanishni kafolatlaydi. Bu erkin izlash, olish va uni tarqatish huquqi degani.

 

Ma’lumot uchun: huquqiy aхborot deganda qonunning ma’nosiga koʻra NHHlarning, ularga oid rasmiy sharhlarning, ularning qoʻllanilish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirishlarning, Konstitutsiyaviy sud qarorlarining, Oliy sud ­Plenumining qonun hujjatlari qoʻllanilishi masalalari boʻyicha qarorlarining matnlari, shuningdek sud amaliyotini umumlashtirish materiallari tushuniladi.

 

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaхslar har kimga huquqiy aхborotdan foydalanish imkoniyatini belgilangan tartibda ta’minlashi shart. Xususan, quyidagilar huquqiy aхborotni tarqatish usullari hisoblanadi:

  • NHHlarning matnlarini yuborish;
  • NHHlarni rasmiy e’lon qilish;
  • NHHlarni norasmiy e’lon qilish;
  • huquqiy targʻibotni amalga oshirish;
  • jismoniy va yuridik shaхslarga ularning soʻrovlariga koʻra huquqiy aхborot taqdim etish.

 

Bu – muhim! Jismoniy va yuridik shaхslarning soʻroviga koʻra davlat organlari va tashkilotlar oʻz faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibini tushuntiradi. Ular tushuntirishlar bergan organlar va tashkilotlarning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari uchun majburiy kuchga ega.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     

Oleg Zamanov,

nash ekspert.