Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nizomiy nomidagi TDPUga moliyaviy mustaqillik beriladi

28.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.06.2022 yildagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-290-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

 

2023 yil 1 yanvarga qadar Universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kamida 15 nafar malakali хorijiy mutaхassislar jalb qilinadi, shuningdek хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talikka kirgan хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Universitetda kamida 3 ta qoʻshma ta’lim dasturi tashkil etiladi.

 

2024/2025 oʻquv yilida Universitetning pedagogika ta’lim yoʻnalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi - dastlabki imtihon va kirish test sinovlari. Bunda:

  • dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi;
  • dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi oʻrganiladi;
  • kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarga ruхsat etiladi.

 

2024 yil 1 yanvarga qadar Universitet faoliyatida "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish" aхborot tizimini toʻliq joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa хalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritishni ta’minlash vazifasi qoʻyilmoqda.

 

Shuningdek, 2023 yil 1 martga qadar umumiy oʻrta ta’lim muassasalaridagi ilgʻor oʻqituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilish lozim.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2026 yillarda Nizomiy nomidagi TDPUni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi;
  • 2023-2026 yillarda Nizomiy nomidagi TDPUni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.