Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun talablar soddalashtirildi

28.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.10.2022 yildagi “Nodavlat sektorda professional ta’limni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 612-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun davlat mulki ob’yektlarini ijaraga olishning eng koʻp muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirish;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlarining professional ta’lim хizmatlarini koʻrsatish uchun bankdagi hisobvaragʻiga qoʻyiladigan mablagʻ miqodorining 50 ming AQSh dollaridan 25 ming AQSh dollarga qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlarini soddalashtirish.

 

Shuningdek, sport musobaqalari va olimpiada gʻoliblari va sovrindorlarini tayyorlagan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari oʻqituvchilari (yoʻriqchilari)ga malaka toifasi (lavozim)larini toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazmasdan) berish holatlari kengaymoqda:

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.10.2022 yildna kuchga kirdi.

 

Cobir Nurberdiyev.