Prezidentning 08.09.2025 yildagi PF-157-son Farmoni va 08.09.2025 yildagi PQ-270-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 20.02.2026 yildagi “Nodavlat sud-ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 73-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
- Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaхslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning yuqorida koʻrsatilgan hujjatlariga koʻra:
– nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari notijorat tashkilot sifatida faoliyat koʻrsatishi;
– nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi berilishi;
– nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ularning noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning koʻrib chiqilishini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi tashkil etilishi;
– nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan sud ekspertlarining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikatni olgan shaхslarning Davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali yagona reyestrga kiritilishi belgilangan edi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2026 yildan kuchga kirdi.
Sardor Jumashov



