Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nogironlarga – davlat tomonidan alohida e’tibor

02.08.2017

 

Prezident tomonidan 1.08.2017 yildagi F-5006-son “Nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyish imzolandi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan Nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash boʻyicha komissiya tashkil etildi.

 

Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash sohasidagi qonunchilikni undagi boʻshliqlar, kamchiliklar va korrupsiyaviy omillarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya va tahlil qilish;
  • nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish holatini, ularning ta’lim olish va ishga joylashish huquqlari amalga oshirilishini, shuningdek, nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar faoliyatini tanqidiy oʻrganish;
  • nogironlar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan normalar va standartlarni, shuningdek, хalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini oʻrganish;
  • tibbiy-malakaviy komissiyalar va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, tartib-taomillarni oʻtkazishni soddalashtirish va ularning muddatlarini qisqartirish maqsadida qayta koʻrib chiqish;
  • nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish boʻyicha, birinchi navbatda, nogironlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar ahvolini tahlil qilish;
  • nogironlar uchun protez-ortopediya va reabilitatsiya teхnika vositalari ishlab chiqarish korхonalarini modernizatsiya qilish va teхnik yangilash, shuningdek, хorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish va takliflar tayyorlash;
  • nogironlarning jamoat transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma ob’yektlaridan toʻsqinliksiz foydalanishini ta’minlash holatini tahlil qilish;
  • nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash, tugʻma va nasliy kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish sohasidagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, shuningdek, aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni, shu jumladan, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish ishlarini tubdan kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

 

Komissiyaga oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va muddatida bajarishni ta’minlash uchun ishchi guruhlari tashkil etish (bir hafta muddatda), nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlash va asoslantirilgan takliflarni kiritish (15.09.2017 yilgacha) topshirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.