Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etildi

06.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.04.2021 yildagi “Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 257-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda - Idoralararo kengash) tarkibi;
  • Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida nizom.

 

Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Idoralararo kengash raisi hisoblanadi. Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi - uning ishchi organi.

 

Nizom Idoralararo kengashning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, uning faoliyati tartibi, shuningdek uning samaradorligiga doir talablarni belgilaydi.

 

Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarning sogʻligʻini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.