Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Norezidentlarning doimiy muassasalari sof foydasidan olinadigan soliq bekor qilindi

05.01.2018

 

29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Oʻzbekistonda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentlar yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻiga qoʻshimcha ravishda sof foydasiga ham 10%li stavka boʻyicha soliq (foyda soligʻi summasi ayirib tashlangan foyda) toʻlashgan (SKning 154-moddasi 8-qismi).

 

SKning 154-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan endilikda doimiy muassasalar 2018 yilda olingan daromadlaridan faqat foyda soligʻini 14% stavka boʻyicha toʻlashadi. Ulardan sof foydadan olinadigan soliq undirilmaydi.

 

Bundan tashqari, mamlakatimizda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentdan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan soliq solinadigan foyda miqdori kamaytiriladi. Ilgari soliq solinadigan foyda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, ular mamlakatimizda yoki uning tashqarisida qilinganligidan qat’i nazar, barcha turdagi хarajatlarning kamida 10%ini tashkil etgan. 2018 yil 1 yanvardan boshlab u koʻrsatilgan хarajatlarning kamida 7%ini tashkil etadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

 Muzaffar Mirzagʻaniyev.