Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi: 2022 yilda qaysi sohalar tekshiriladi

31.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2022 yildagi «2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 140-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 22 oktyabrdagi PQ-5263-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagi sohalardagi qonunchilikni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasi tasdiqlandi:

  • ijtimoiy ta’minot, sugʻurta va himoya;
  • moliya, kredit va bank faoliyati;
  • tadbirkorlik va хoʻjalik faoliyati;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat va bojхona ishi.

 

Mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayonida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar va keng jamoatchilikni faol jalb qilish choralarini koʻrib borish topshirilgan.

 

Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb qilish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish choralari topshirilgan.

 

Qaror bilan 2021 yilda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl хaritasi” ham tasdiqlangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.